AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda aholidan COVID-19 bilan bog`liq savollariga javob qaytarildi.
«Vaksinadan keyin nojo`ya ta`sirlar yoki o`lim holati kuzatilishi mumkin, bu haqda vaksina ishlab chiquvchilar tomonidan yo`riqnomada yozilgan.
Biroq vaksinadan so`ng kuzatiladigan o`lim holati vaksina olgandan keyingi 1 soat oralig`ida kuzatilishi mumkin.
O`tib ketuvchi nojo`ya ta`sirlar esa, vaksina olgandan keyingi 3 kunlik davomida kuzatilishi mumkin, lekin ular keyin o`tib ketadi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holatlar inson organizmining individual xususiyatidan kelib chiqib kuzatiladi.
Turli nojo`ya oqibatlar kelib chiqmasligi uchun vaksina olgandan keyingi kunlarda o`z salomatligingizni muhofaza qiling», — Sevara Ubaydullaeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi.






