AsosiyJamiyat

Xorazmda 3 nafar erkak kanalizasiya quvurida zaxarlanib o`lishdi

'Xorazmda 3 nafar erkak kanalizasiya quvurida zaxarlanib o`lishdi'ning rasmi

2021 yil 27 avgust kuni Urganch tumani, Chotko`pir qishlog`i, “Orzu” mahallasida  uch nafar fuqaro kanalizasiya quvuri ichiga tushib ketib, vafot etishgan. 

Xorazm viloyat prokuraturasining ma`lum qilishicha, fuqarolar X.Shukurulloev, O.Kurbanov va Sh.Kurbanovlar ko`p qavatli uylardan chiqqan kanalizasiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo`ljallangan kanalizasiya kamerasiga bir-birini qutqarmoqchi bo`lib, navbati bilan pastga tushishgan. To`rtinchi bo`lib tushgan yigit hushsiz holatda qutqarib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan 27.08.2021 yilda O`zbekiston Respublikasi JKning  

257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ushbu jinoyat ishi viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari ish yurituviga o`tkazilib, viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar