AsosiyJamiyat

To`raqo`rg`on tumanida "Spark" avtomobili yonib ketdi

'To`raqo`rg`on tumanida "Spark" avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

️IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 6 sentyabr kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati, To`raqo`rg`on tumani, Chustko`prik MFY, "Tut" ko`chasida harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1961 yilda tug`ilgan F.Q. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan.

Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to`xtatgan va o`t o`chirish xizmatiga xabar bergan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf qilingan.

Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q.  

️Mazkur hodisa yuzasidan To`raqo`rg`on tumani FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar