Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ma`lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda «Vaksina olgandan keyin vafot etdi» yoki «Vaksina tufayli ahvoli og`irlashdi» qabilidagi videomurojaatlar yuzasidan ishchi guruhlar tuzilib, o`rganishlar olib borildi.
O`rganishlar bu kabi noxush holatlarning birortasi vaksina bilan bog`liq emasligini tasdiqladi.
Bugunga kunga qadar O`zbekistonda vaksina tufayli birorta o`lim holati kuzatilmadi», — deya ta`kidladi mutaxassis.






