Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 8,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan yuk avtomobillarini eksport qilingan.
Yuk avtomobillari eksporti o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 mln. AQSh dollariga kamaygan.
O`zbekiston yuk avtomobillarini eng ko`p eksport qilgan davlatlar:
- Singapur – 4,6 mln.
- Qozog`iston – 1,7 mln.
- Qirg`iz R. – 863,6 ming
- Afg`oniston – 751,8 ming
- Ozarbayjon – 172,1 ming
- Tojikiston – 135,5 ming AQSh dollari
Eslatib o`tamiz, ma`lumotlarga ko`ra 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan 168 810 ta yuk avtomobillari mavjud.






