O`zbekistonda uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qancha? Adliya vazirligi mazkur savolga javob berdi.
Ma`lum bo`lishicha, uy-joy maydonining ijtimoiy normasi viloyat hokimliklari tomonidan 1 kishi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bo`lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – 23 kvadrat metrdan kam bo`lmagan hajmda belgilanadi.
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo`shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki 18 kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi.
Ayrim surunkali kasalliklarning og`ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, Sog`liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro`yxat bo`yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko`ra qo`shimcha maydon zarur bo`lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko`paytirilishi mumkin.






