Bugun iqlim o`zgarishi insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammo ekani jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan. Iqlim o`zgarishi inson hayotining barcha sohalariga ta`sir ko`rsatmoqda va iqlim o`zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish hamda yangi hayot sharoitlariga moslashish bo`yicha kechiktirilmaydigan choralar ko`rishni talab etmoqda.
Zamonaviy ilm-fan insonning avvalambor qazib olinadigan yoqilg`ini yondirish natijasida issiqxona gazlarining chiqarilishi bilan bog`liq xo`jalik faoliyati iqlimga sezilarli ta`sir ko`rsatayotganini tasdiqlovchi jiddiy asoslar taqdim qilmoqda.
O`zbekistonda 1880 yildan to hozirgi vaqtgacha bo`lgan davrda o`rtacha yillik harorat 1,6 daraja (13, 2 dan 14,8 °S gacha) oshdi, bu global miqyosda kuzatilayotgan o`rtacha sur`atlardan yuqoridir.
Mutaxassislarning prognozlariga ko`ra 2030-2050 yillarda mintaqada havo harorati yana 1,5-3°Sga ko`tarilishi mumkin. Havo haroratining ayniqsa Orolbo`yida ko`tarilishi kutilmoqda, bu esa mahalliy iqlim o`zgarishlari bilan yanada og`irlashadi.
Ekspertlarning baholariga ko`ra atmosferada issiqxona gazlari konsentrasiyasining bundan keyin ham ortishi, qurg`oqchilik natijasida suv va oziq-ovqat tanqisligi xavfini ko`payishiga, issiq mavsum davomiyligi va qizg`inligining oshishi tufayli aholi sonining ortishiga, shuningdek sellar, toshqinlar va boshqa xavfli hodisalarning takrorlanishiga olib keladi. Undan tashqari, bunday ilish ekotizimlar holatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, va Orolbo`yi, Qoraqalpog`iston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuviga olib keladi.
O`zgidromet ma`lumotlariga ko`ra, global iqlim o`zgarishi va mamlakat tabiiy-resurs kompleksining ana shu o`zgarishlarga ta`sirchanligi izchil iqlimiy siyosatni shakllantirish zaruriyatini belgilaydi.






