AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,2 mln tonnani tashkil qildi

'O`zbekistonda 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori    2,2 mln tonnani tashkil qildi'ning rasmi

O`zbekistonda 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori    2,2 mln tonnani tashkil qildi: 58 foizi — transport vositalari, 42 foizi — sanoat va ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to`g`ri keldi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi boshqarma boshlig`i Azizjon Kalimbetov ma`lum qildi:

«Tashlanmalarning sohalar kesimidagi tahlili: 37,8 foizi — neft va gaz, 20 foizi — energetika, 19 foizi — metallurgiya sanoatlari hissasiga to`g`ri keladi.

 Sanoat tashlanmalarini kamaytirish maqsadida 2021-2023 yillarda respublika bo`yicha 53 ta ishlab chiqarish korxonasining qariyib 320 ta chang-gaz tozalash uskunalari modernizasiya qilinadi.

Tashlanmalarga yana bir omil — transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylar, yonilg`i sifati va magistral yo`llarning yuklama darajasi yuqoriligi natijasida avtotransportlardan atrof-muhitga etkazilayotgan zarar yildan-yilga ortmoqda: o`tgan yilda atmosfera havosiga 1,3 mln tonna chiqindi gazlari tashlangan».

 

    Boshqa yangiliklar