AsosiyJamiyat

Toshkent–Moskva yo`nalishi bo`yicha sentyabr oyi uchun mo`ljallangan parvozlar jadvali va narxlari e`lon qilindi

'Toshkent–Moskva yo`nalishi bo`yicha sentyabr oyi uchun mo`ljallangan parvozlar jadvali va narxlari e`lon qilindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasiga va ortga sayohat qilishni oldindan rejalashtirganlar uchun sentyabr oyida «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan Rossiya Federasiyasining quyidagi shaharlariga aviaqatnovlar rejalashtirilgan:

Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent – har kuni, kuniga 4 ta qatnov;

Samarqand - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 3 marotaba seshanba, payshanba va yakshanba kunlari (09, 12, 14, 16, 19, 21, 23, 26, 28, 30-sentyabr);

Termiz -Moskva (Domodedovo) - haftada bir marotaba chorshanba (08, 15, 22, 29-sentyabr).

 

Qo`shimcha ravishda «Uzbekistan Airways Express» qatnovlari quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshiriladi:

 

Toshkent - Moskva (Domodedovo) - Toshkent – dushanba va juma kunlari (10, 13, 17, 20, 24, 27-sentyabr);

Qarshi-Moskva (Domodedovo) – haftasiga bir marotaba payshanba kunlari (09, 16, 23, 30-sentyabr);

Urganch - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba seshanba va shanba kunlari (11, 14, 18, 21, 25, 28-sentyabr);

Buxoro - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26, 29-sentyabr);

Farg`ona - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba, chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26, 29-sentyabr);

Namangan - Moskva (Domodedovo) – haftasiga 2 marotaba seshanba va shanba kunlari (07, 11, 14, 18, 21, 25, 28-sentyabr).

«Uzbekistan Airways» AJ da bir tomonga parvoz narxi 3 899 000 so`mdan *

«Uzbekistan Airways Express» yo`nalishi bo`yicha bir tomonga 1 502 000 so`mdan *.

 

Shuningdek, «Uzbekistan Airways» AJ va «Uzbekistan Airways Express» Toshkentdan Rossiya Federasiyasining quyidagi shaharlariga aviaqatnovlarni amalga oshiradi:

 

Toshkent-Qozon-Toshkent haftasiga 3 marotaba dushanba, seshanba va juma kunlari (10, 13, 14, 17, 20, 21, 24, 27 va 28-sentyabr) 3 933 000 so`mdan *;

Toshkent-Mineralne Vodiy-Toshkent haftasiga bir marotaba dushanba kunlari (13, 20 va 27-sentyabr) 1 565 000 so`mdan * («Uzbekistan Airways Express»);

Toshkent-Rostov-na-Don-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va shanba kunlari (08, 11, 15, 18, 22, 25 va 29-sentyabr) 1 533 000 so`mdan * («Uzbekistan Airways Express»);

Toshkent-Krasnodar-Toshkent haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari (10, 14, 17, 21, 24 va 28-sentyabr) 1 732 000 so`mdan * («Uzbekistan Airways Express»);

Toshkent-Sochi-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26 va 29-sentyabr) 3 939 000 so`mdan *;

Toshkent-Ekaterinburg-Toshkent haftasiga 2 marotaba chorshanba va yakshanba kunlari (08, 12, 15, 19, 22, 26 va 29-sentyabr) 3 922 000 so`mdan *;

Toshkent-Novosibirsk-Toshkent haftasiga 2 marotaba seshanba va payshanba kunlari (09, 14. 16, 21, 23 va 28-sentyabr) 3 926 000 so`mdan *.

 

O`zbekiston shaharlaridan Rossiya Federasiyasiga aviaqatnovlar:

 

Namangan – Ekaterinburg – Namangan haftasiga 1 marotaba chorshanba kunlari (08, 15, 22 va 29 sentyabr) 3 544 000 so`mdan*

Namangan – Novosibirsk – Namangan haftasiga 1 marotaba payshanba kunlari (09, 16, 23 va 30 sentyabr) 3 547 000 so`mdan*

Namangan – Qozon – Namangan haftasiga 1 marotaba juma kunlari (10, 17, 24 sentyabr) 3 428 000 so`mdan*

*narxlar bir tomonga ko`rsatilgan

 

    Boshqa yangiliklar