Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi boshqarma boshlig`i Azizjon Kalimbetov ma`lum qildi:
«2023 yilgacha bo`lgan Atrof-muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasi doirasida jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilg`i, elektr va boshka muqobil yoqilg`i turlariga o`tkazish belgilangan.
Joriy yilning o`tgan davrida respublikada foydalanishdagi 3 milliondan ortiq avtotransport vositasining 60 foizi gaz yoqilg`isida harakatlanishga mo`ljallangan.
Transport vositalaridan atmosferaga tashlamalarni kamaytirish va me`yor darajasida ekanini aniqlash maqsadida joriy yilning bahor mavsumida «Toza havo» tadbirining birinchi bosqichi o`tkazildi.
Tadbir davomida 120 mingdan ortiq transport vositasi ko`rikdan o`tkazilib, ularning qariyib 5 mingtasi belgilangan me`yorlardan ortiq ekani aniqlandi va ularning 1,5 mingga yaqini vaqtincha to`xtatilishi evaziga atmosferaga kuniga o`rtacha 80 tonna zararli moddalar tashlashnishining oldi olindi. Hozirda, tadbirning 2-bosqichi — 10 avgustdan 10 sentyabrgacha bo`lib o`tmoqda».






