AsosiyJamiyat

Toshkentda O`zbekiston-Bangladesh biznes forumi bo`lib o`tdi

'Toshkentda O`zbekiston-Bangladesh biznes forumi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Ushbu Forumda O`zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o`rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov hamda Bangladesh Bosh Vaziring xususiy sektor sanoati va investisiyalar bo`yicha maslahatchisi Salmon Fazlur Rahmon ishtirok etdilar.  

️Tadbirda ishtirokchilar tomonidan sohalar bo`yicha iqtisodiy imkoniyatlar to`g`risidagi taqdimotlar namoyish etildi.  

Ishbilarmon doira vakillari o`rtasida o`zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun ochiq muloqot tashkil etildi.  

Mazkur tadbir davomida O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Bangladesh Savdo-sanoat palatasi federasiyasi o`rtasida Ishbilarmonlar kengashini tuzish to`g`risida shartnoma almashildi.

    Boshqa yangiliklar