6 sentyabr kuni Turkiyada Rajab Toyyib Erdo`g`onning “Dunyo adolatliroq bo`lishi mumkin” nomli kitobi sotuvga chiqarildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Kitobda Erdo`g`on global siyosat muammolariga, xususan, adolasizlik, migrasion inqiroz, xalqaro terrorizm va islomofobiya, diskriminasiya va ikki tomonlama standartlarga e`tibor qaratgan.
Turkiya rahbarining fikricha, BMT Xavfsizlik kengashi tub o`zgarishlarga muhtoj, u hanuz “dunyo beshta mamlakatdan iborat emas (BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a`zolari)” tamoyiliga asoslangan islohotlarga chaqirishda davom etmoqda.
Erdo`g`onning so`zlariga ko`ra, “Turkiyaning maqsadi — hokimiyatda bo`lganlarning haq bo`lishi emas, aksincha, haq bo`lganlarning hokimiyatda bo`lishini ta`minlovchi tizimni o`rnatish”.
“Bizning tushunchamizga ko`ra, aynan adolat dunyo bo`ylab tartibni, dunyo uchun najot va baxtiyorlikni ta`minlaydi. Odil dunyo uchun ishonch va umidni ta`minlaydigan global tartib kerak”, — deb yozadi Erdo`g`on.






