AsosiyJamiyat

Qarshida masjidga kelgan fuqaroning 70 mln so`m miqdoridagi pullari o`g`irlandi

'Qarshida masjidga kelgan fuqaroning 70 mln so`m miqdoridagi pullari o`g`irlandi'ning rasmi

3 sentyabr kuni tushgan xabarga ko`ra, shu kuni soat 13:00 larda noma`lum shaxs Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri «Mahallot» MFY hududidagi «Mahallot» jome` masjidiga namoz o`qish uchun kelgan, Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi elbekning «Neksiya-3» rusumli avtomashinasi salonidan 70 000 000 so`m pulni o`g`irlik yo`li bilan qo`lga kiritgani ma`lum qilingan. Holat haqida Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur o`g`irlik jinoyatini Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Xikmatillo sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil tariqasida 67.300.00 so`m pullar hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB TB tomonidan Xikmatilloga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar