AsosiyJamiyat

O`zbekiston 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan

'O`zbekiston 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 2,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 102,9 tonnaga oshgan.

O`tgan 7 oy mobaynida import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega bo`lgan davlatlar:

  •  Rossiya – 329,2 tonna
  •  Qozog`iston – 225,9 tonna
  •  Belorus – 43,1 tonna
  •  Fransiya – 26,4 tonna
  •  Litva – 16,5 tonna
  •  Polsha – 2,0 tonna
  •  Ispaniya – 0,5 tonna
  •  Germaniya – 0,1 tonna
  •  Italiya – 0,1 tonna

    Boshqa yangiliklar