AsosiyJamiyat

Dang`ara tumanida fuqaroni pullarini aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

'Dang`ara tumanida fuqaroni pullarini aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi'ning rasmi

20 iyul` kuni P.Z. IIBga murojaat qilib, unda 2019 yilning may oyida noma`lum shaxs ishonchiga kirib, tegishli bank hisob raqamida 320.000 AQSh dollari miqdoridagi pullari borligini va ushbu pullarini naqdlashtirganidan so`ng qaytarib berish sharti bilan 10.800 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Dang`ara tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.D. sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar