“Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi
Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan:
➖ kameral soliq tekshiruvi natijalari bo`yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo`llanilmaydi;
➖ tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.
2022 yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq to`lovchilarning qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i bo`yicha soliq hisobotlari hisoblab chiqariladi va shakllantirib beriladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvargacha soliq to`lovchilarga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo`lgan soliq solish ob`ekti yoki soliq solish bilan bog`liq boshqa ob`ektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlari yaratiladi.






