Ijtimoiy tarmoqlarda davlat belgisi 01 Y 026 PB bo`lgan Malibu rusumli avtomashina salonidan ayol kishining chiqib olganligi aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6 sentyabr kuni taxminan soat 21:30 larda 1985 yilda tug`ilgan M.Muqaddam o`zining boshqaruvidagi Malibu rusumli (davlat raqami 01 Y 026 PB) transport vositasida KXAY ko`chasida harakatlanayotgan vaqtida M.Muqaddamning dugonalari bo`lgan yo`lovchilar avtomashina lyuk qismidan tanasini chiqarib olgan.
Mazkur holat yuzasidan M.Muqaddamga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 138-moddasi 4-qismiga (“Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo`lovchi tomonidan tana qismlarini (qo`ldan tashqari) salondan chiqarish”) asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






