AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklarning 88 foizi Prezident saylovida ishtirok etish uchun tayyorligini bildirdi

'O`zbekistonliklarning 88 foizi Prezident saylovida ishtirok etish uchun tayyorligini bildirdi'ning rasmi

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o`rganish Markazi «O`zbekiston: saylov – 2021» mavzusidagi jamoatchilik fikri telefon so`rovlarining uchinchi bosqichini o`tkazdi. 

Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 oktyabr kuni bo`ladigan saylovi munosabati bilan O`zbekiston fuqarolarining elektoral xulq-atvori xususiyatlari aniqlandi, o`zbekistonliklarning elektoral nuqtai nazarlari,  ularning ovoz berishda ishtirok etishga tayyorligi va mamlakat siyosiy hayotiga jalb etilganligi darajasi o`rganildi. So`rovda mamlakatning turli mintaqalarida yashovchi fuqarolar, shaharliklar va qishloqdagilar, erkaklar va ayollar, turli millat va ijtimoiy qatlamlar vakillari, iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarida band bo`lganlar, yoshlar va o`rta hamda katta yoshdagi kishilar ishtirok etdilar.       

Tadqiqotning aniqlashicha, so`rov ishtirokchilarining asosiy ko`pchiligi  2021 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`lib o`tishi haqida xabardordir.

Saylovoldi kampaniyasining borishi haqidagi axborotning eng talabgir manbasi O`zbekiston davlat televideniesi hisoblanadi (66,8%). Qariyb har ikkinchi (48,1%) respondent axborot olish uchun (ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy tarmoq elementlariga ega bo`lgan ilovalar, krossplatformali messenjerlar, masalan, Telegramni inobatga olgan holda) Internetdan foydalanadi.

O`tkazilgan telefon so`rovi O`zbekiston Prezidentligiga bo`lajak saylovda aholining ishtirok etishga tayyorligi bo`yicha yuqori darajani qayd qildi (88,2%). Bu aholining fuqarolar tomonidan saylovning ijtimoiy-siyosiy muhimligini chuqur anglashda (86,3%), har bir saylovchining ishtirok etishi ovoz berish natijalariga ta`sir qilishi mumkinligiga bo`lgan ishonchda namoyon bo`layotgan etarlicha yorqin elektoral madaniyati haqida dalolat beradi. Deyarli barcha yosh toifasidagi fuqarolar ovoz berishda ishtirok etishning zaruriyatini anglaydilar va unda ishtirok etishni o`zlari uchun “juda muhim” deb hisoblaydilar.

Umuman olganda, o`tkazilgan jamoatchilik fikri so`rovlari shuni ko`rsatdiki,  jamoatchilik fikrida bo`lajak Prezident saylovlari davlat, jamiyat va har bir fuqaro hayotida muhim siyosiy voqea ekanligini anglash va his qilish ustuvorlik qiladi. Ko`pchilik o`zbekistonliklar mamlakatda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar va saylovoldi kampaniyasining borishini katta qiziqish bilan kuzatmoqdalar hamda bo`lajak saylovlar ochiqlik, oshkoralik, ob`ektivlik va haqqoniylik kabi demokratik tamoyillar asosida yuqori siyosiy-huquqiy va tashkiliy darajada o`tishiga ishonch bildirmoqdalar.

 

    Boshqa yangiliklar