AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda sakkiz oyda Davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan er maydoni egalariga 300 million so`mdan ortiq jarimalar qo`llanildi

'Qashqadaryoda sakkiz oyda Davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan er maydoni egalariga 300 million so`mdan ortiq jarimalar qo`llanildi'ning rasmi

O`tgan sakkiz oy mobaynida Qashqadaryo viloyatida er nazorati inspektorlari tomonidan 120,1 gektar er maydonlari Davlat ro`yxatidan o`tkazilmasdan foydalanib kelinayotgani aniqlangan. Bu haqda boshqarma axborot xizmati "Darakchi.uz" ga xabar berdi.

Natijada, er uchastkalariga bo`lgan huquqni davlat ro`yxatidan o`tkazilmaganligi uchun joriy yilning 31 avgust sanasiga qadar 1249 ta holatda 307.965.000 so`mlik jarimalar qo`llanilgan.  

Shundan,  undirilgani — 228.918.500 so`m, imtiyozli undirilgani (30% jarimani muddatidan oldin to`laganlik uchun) — 134 348 500 so`m.  Imtiyozsiz  (15 kundan keyin undirilgan) — 94.570.000 so`m jarimalar undirilgan.

Ma`lumot uchun, er uchastkasiga,bino va inshootga bo`lgan huquqni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun o`z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHM ning o`n baravari,mansabdor shaxslarga esa— o`n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar