“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5242-son, 07.09.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qaror bilan Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021 yil 10 iyun kuni O`zbekiston hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati o`rtasida imzolangan Tojikiston-O`zbekiston investisiya kompaniyasini tashkil etish to`g`risidagi Bitim tasdiqlandi.
Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgach, uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta`minlaydi.






