Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish bo`yicha qaror Adliya vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
➖ Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning ro`yxati;
➖ Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o`rtasidagi muvofiqlik darajasi.
Eslatib o`tamiz, davlat ta`lim muassasalari xorijiy tillar o`qituvchilari uchun xorijiy tillarni o`zlashtirish darajasi bo`yicha talablar belgilangan.
Unga ko`ra, 2022/2023 o`quv yilidan davlat ta`lim muassasalarining xorijiy tillar o`qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lishi lozim.






