AsosiyDunyo

Turkiyadagi “Business Turk” jurnalining maxsus soni O`zbekistonga bag`ishlandi

'Turkiyadagi “Business Turk” jurnalining maxsus soni O`zbekistonga bag`ishlandi'ning rasmi

Turkiyadagi “Business Turk” jurnalining maxsus soni O`zbekistonga bag`ishlandi. 

Turkiyada chop etiladigan nufuzli jurnal tahririyati bilan hamkorlikda mazkur nashrning «Yangidan uyg`onish: O`zbekiston mustaqilligining 30-yilida» nomli maxsus soni chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Maxsus sonning kirish qismi «Oltin qalam» XV milliy mukofoti sovrindori, jurnal bosh muharriri M.Ruzubayning quyidagi fikrlari bilan boshlangan:

 «O`zbekistonning madaniy va ma`naviy merosisiz Turk dunyosining tamaddun tarixini tasavvur etib bo`lmaydi. Shu ma`noda O`zbekistonning boy madaniy-ma`rifiy merosini bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylari ardoqlab, barchamizni g`ururlantiruvchi muvaffaqiyatlar bilan yangidan yuzaga chiqarmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakat ichida va tashqi munosabatlarida amalga oshirayotgan ulkan o`zgarishlari, tinchliksevar va insonparvar islohotlari xalqqa huzur-halovat, mamlakatga farovonlik olib kelmoqda va nafaqat O`zbekiston, balki qardosh Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon va Turkiya ahlini ham benihoya xursand qilib, mamnuniyat bag`ishlamoqda. Binobarin, «Business Türk» jurnali jamoasi o`laroq, qardosh O`zbekiston mustaqilligining 30-yilida qo`lingizdagi ushbu maxsus sonni tayyorlash ham bizga katta hayajon va sharaf bag`ishladi. Ota yurtimiz O`zbekiston istiqloliga bag`ishlab bunday jurnalni tayyorlash – biz uchun katta baxtdir. Ushbu nashr odatdagi maxsus son emas, balki tarixiy manba bo`lib qoladi, deb ishonaman».

Maxsus sonning taqdimot so`zi O`zbekistonning Turkiyadagi elchisi A.A`zamxodjaev qalamiga mansub. 

«Albatta, bu yil O`zbekiston istiqlolining 30 yilligi qutlanmoqda. Bu davlatimiz uchun benihoya muhim bir sana, deya qayd etadi elchi. O`zbekiston bugun mustahkam oyoqqa turgan, xalqaro maydonda o`z so`zi va obro`-e`tiboriga ega bir mamlakatdir. Bundan 30 yil avval O`zbekistonning mustaqilligini birinchi bo`lib tan olgan davlat Turkiya bo`lgan edi. Turkiya O`zbekiston uchun hayotiy ahamiyatga ega qadam tashlagan edi. Shuning uchun bugun biz Turkiyaning shunday jasoratli va birodarona qarorini behad olqishlaymiz va katta mamnuniyat bilan xotirlaymiz. Bir fikrni komil ishonch bilan ayta olmanki, oradan yillar o`tadi, O`zbekiston mustaqilligining 40, 50 va, inshoolloh, 100 yilligi nishonalanadi va Turkiyaning o`sha tarixiy qadami mudom ehtirom ila e`tirof etilaveradi».

48 sahifadan iborat bo`lgan jurnalning mazkur maxsus sonida O`zbekiston davlat tizimi, jo`g`rofiyasi, tarixi, iqtisodiyoti, sayyohlik salohiyati haqida atroflicha ma`lumot berilgan, mamlakatimizning har bir viloyatining o`ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy imkoniyatlari haqida ham batafsil fikr yuritilgan.

Boshqa yangiliklar