2021 yilning 11 sentyabridan boshlab "Uzbekistan Airways" AJ Toshkent – Bishkek – Toshkent yo`nalishida haftasiga uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda miliiy aviakompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Parvozlar jadvali quyidagicha:⠀
Dushanba – HY 777: Toshkentdan uchish 15:50, Bishkekka etib borish 18:00
Payshanba – HY 779: Toshkentdan uchish 15:05, Bishkekka etib borish 17:15
Shanba – HY 779: Toshkentdan uchish 09:00, Bishkekka etib borish 11:10
Uchish va etib borish mahalliy vaqtda ko`rsatilgan.⠀
Toshkent – Bishkek yo`nalishidagi aviachiptalar 1 229 335 so`mdan boshlanadi.
Toshkent – Bishkek – Toshkent yo`nalishida aviachiptalar 2 553 830 so`mdan boshlanadi.
Narxlar 08.09.2021 holatiga ko`ra keltirilgan.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.






