2021 yil 9 sentyabr kuni soat 09:20 larda Surxondaryo viloyati, Qumqo`rg`on tumani, Azlarsoy MFY hududidan o`tgan temir yo`l kesishmasida fuqaro A.Y. boshqaruvidagi №2302-raqamli elektrovoz hamda haydovchi B.B. boshqaruvidagi "HOWO" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
To`qnashuv natijasida yuk avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
️Hodisa joyiga tuman IIB tezkor-tergov guruhi chiqib, voqea tafsilotlarini o`rgangan va holat o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.






