Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to`g`risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to`g`risidagi buyruq Adliya vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Nizomga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko`rishga mas`ul hisoblanadi.
Nazorat tuzilmalari tashkilotning birinchi rahbariga bo`ysunadi va tuzilma rahbarlarini ozod etish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishiladi.
Nazorat tuzilmalarining asosiy vazifalari, jumladan, quyidagilar hisoblanadi:
- tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta`minlash va nazorat qilish.






