AsosiyJamiyat

“Siyob” bozorida sotuvchilar nimani talashdi? Holat yuzasidan ma`lumot berildi

'“Siyob” bozorida sotuvchilar nimani talashdi? Holat yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

5 sentyabr kuni Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida savdo qiluvchi sotuvchilar savdo joyiga talashib, bir-birini haqorat qilgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Natijada ular o`rtasida janjal yuzaga kelib, bir nechta sotuvchilar bir-birini urgan. Hodisa joyiga IIB xodimlari zudlik bilan etib borib, kelishmovchilikni bartaraf etib, janjal ishtirokchilariga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar