Bugun,9 sentyabr kuni Qozon shahri (Tatariston Respublikasi)da bo`lib o`tayotgan dyuzdo bo`yicha final bahslarida hamyurtimiz Shoxruxjon Baxtiyorov O`zbekiston terma jamoasiga to`rtinchi oltin medalni keltirdi.
Sportchi 100+ kg vazn toifasida rossiyalik Valeriy Endoviskiyga qarshi bellashdi va raqibiga imkon qoldirmadi.
Ta`kidlash joizki, bundan oldingi final bahslarida hamyurtlarimiz Halimajon Qurbonova, Shukurjon Aminova va Muzaffarbek Turoboev ham raqiblari ustidan g`alaba qozonib, oltin medalni qo`lga kiritishdi.