AsosiyJamiyat

Prezident davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi

'Prezident davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi'ning rasmi

“Respublika oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug`ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan:

Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

  •  tayanch doktoranturada o`qiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;
  • bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

Qoraqalpog`iston Respublikasidagi OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag`batlantirish maqsadida O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi To`lepbergen Qaipbergenov hamda O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qo`shma ta`lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta`lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

Shunga ko`ra, mazkur ta`lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo`lgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta`lim yo`nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo`yicha kirish imtihonlarisiz qo`shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar