AsosiyJamiyat

Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktablar Prezident sovrini bilan mukofotlanadi

'Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktablar Prezident sovrini bilan mukofotlanadi'ning rasmi

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi maktab tanlovi har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o`qitiladigan maktablar o`rtasida o`tkaziladi.

 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20 sentyabrgacha Xalq ta`limi vazirligi axborot tizimida maktab terma jamoasini ro`yxatdan o`tkazadi.

 Shunga ko`ra, ro`yxatdan o`tgan maktab har yili 20 oktyabrgacha axborot tizimiga xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha belgilangan asosiy ko`rsatkichlarini kiritadi.

 Tanlovda har bir maktabdan bitta til bo`yicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7-9-sinflarda o`qiydigan 5 nafar o`quvchidan tashkil topadi.

Tanlov 3 bosqichda quyidagi muddatlarda o`tkaziladi:

  •  1-bosqich (tuman bosqichi) – har yili fevral oyida. Bunda ishtirokchilarning xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan o`tkaziladi.
  •  2-bosqich (viloyat bosqichi) – har yili aprel oyida. Ushbu bosqichda ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), o`qish (reading) va leksik-grammatik ko`nikmalari baholanadi.
  •  3-bosqich (respublika bosqichi) – har yili avgust oyida. Mazkur bosqichda ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o`qish (reading) ko`nikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikasiyalangan standartlari asosida sinovdan o`tkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi tekshiriladi.

 Respublika bosqichida 1-o`rinni ko`lga kiritgan maktab Prezident sovrini sohibi sifatida e`lon qilinadi.

Tanlov g`oliblari quyidagi miqdorlarda Prezident sovrini bilan mukofotlanadi:

Tuman (shahar) bosqichida:

  •  1-o`rin – 100 million so`m;
  •  2-o`rin – 75 million so`m;
  •  3-o`rin – 50 million so`m.

 

Viloyat bosqichida:

  • 1-o`rin – 250 million so`m;
  •  2-o`rin – 200 million so`m;
  • 3-o`rin – 150 million so`m.

 

 Respublika bosqichida:

  •  1-o`rin – 500 million so`m;
  •  2-o`rin – 400 million so`m;
  •  3-o`rin – 300 million so`m.

    Boshqa yangiliklar