AsosiyJamiyat

Jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o`rganiladigan bo`ldi

'Jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o`rganiladigan bo`ldi'ning rasmi

Hukumat qarori (565-son, 10.09.2021 y.) bilan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish to`g`risidagi nizom tasdiqlandi/ Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

 Nizomga ko`ra, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi:

  •  sodir etilgan jinoyat holati bo`yicha – jinoyat sodir etilgan hududdagi mahallada jinoyat ishi qo`zg`atilgan kundan boshlab 3 kun ichida;
  •  jinoyat sodir etgan shaxs bo`yicha – uning yashash joyidagi mahallada sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi ichki ishlar organlariga kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida o`tkaziladi.  

 

 Muhokama qilinadigan jinoyatlar taqsimoti quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

  •  og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar – Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi;

 

  •  uncha og`ir bo`lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan jinoyatlar – tuman (shahar) darajasidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.

 Qaror bilan jinoyatlarning xususiyatiga  qarab muhokamada mahalla, bandlik, sog`liqni saqlash, ichik ishlar, yoshlar ishlari, milliy gvardiya organlarining hududiy bo`linmalari rahbarlari ishtirok etishi shartligi belgilandi.

Muhokama jarayonida:

▪️ sodir etilgan jinoyat holati bo`yicha – jinoyat ishi mazmuni, shuningdek, jinoyatga aloqador shaxslar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkor etishga, shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik masalasini muhokama qilishga hamda ular muhokamada ishtirok etishga yo`l qo`yilmaydi;

▪️ jinoyat sodir etgan shaxs bo`yicha – sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan shaxs (ozodlikdan mahkum qilishga hukm qilingan shaxslar bundan mustasno) hamda uning ota-onasi, ota-onasi o`rnini bosuvchi shaxslar yoki boshqa yaqin qarindoshlarining ishtiroki ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar