AsosiyJamiyat

1 oktyabrdan boshlab barcha hududlarda IT-texnikumlar faoliyati yo`lga qo`yiladi

'1 oktyabrdan boshlab barcha hududlarda IT-texnikumlar faoliyati yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Yig`ilishda keltirilishicha, 1 oktyabrdan boshlab barcha hududlarda tashkil etiladigan mazkur 14 ta IT-texnikumlarda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikasiya kabi yo`nalishlar bo`yicha 8 mingga yaqin o`quvchi tahsil oladi.

Shuningdek, bugungi kunda har bir hududda jami 100 ta ixtisoslashgan IT-maktab faoliyatini boshlagan bo`lib, kelgusi ikki yilda ularning soni 205 taga etkazilib, 30 mingdan ziyod o`quvchilar raqamli texnologiyalarga chuqurlashgan holda o`qitiladi.

Sohada yoshlarni o`qitish bo`yicha davlat-xususiy sheriklik asosida yangicha tizim joriy etiladi. Buning uchun, Aloqa bank tomonidan ustavi 80 milliard so`m bo`lgan Venchur jamg`armasi va IT-bilimlarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markazda kelgusi besh yilda 100 ming nafar yoshlarga dasturiy ta`minot, mobil ilovalar, tarmoq administratori kabi yo`nalishlar bo`yicha professional ta`lim beriladi.

 

Sardorbek Rahmonqulov

    Boshqa yangiliklar