AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik o`quvchilar xalqaro olimpiadada g`oliblikni qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik o`quvchilar xalqaro olimpiadada  g`oliblikni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Kipr matematik jamiyati va Janubi-Sharqiy Evropa matematiklar jamiyati tomonidan o`tkazilgan 38-Bolqon matematika olimpiadasi - BMO 2021 (Balkan Mathematical Olympiad) masofaviy tarzda tashkil qilindi. Ushbu olimpiadada 18 mamlakatdan 103 nafar iqtidorli o`quvchi ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi ma`lum qildi.

O`zbekiston jamoasi ilk bor qatnashgan mazkur  onlayn xalqaro olimpiada Xalq ta`limi vazirligi Fan olimpiadalari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash departamenti va V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda o`tkazildi.

Xalqaro olimpiadada O`zbekiston terma jamoasi tarkibida quyidagi 6 nafar o`quvchi ishtirok etdi:

1. Muhammadrizo Majidov (Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o`quvchisi);

2. Iskandar Bo`riev (Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi 11-sinf o`quvchisi);

3. Jasurbek Ro`zibaev (Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi 11-sinf o`quvchisi);

4. Jaloliddin Xolmatov (Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi 10-sinf o`quvchisi);

5. Lazizbek Rajabboev (Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi 11-sinf o`quvchisi);

6. Anvar Rahmatov (Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi 10-sinf o`quvchisi).

Jamoa rahbarlari sifatida Matematika instituti ilmiy xodimlari Farxod Haydarov va Jasur Bahromovlar qatnashdi.

Natijalarga ko`ra ikki nafar o`quvchi Iskandar Bo`riev hamda Lazizbek Rajabboevlar bronza medallarini qo`lga kiritdi.  

3 nafar ishtirokchi Jasurbek Ro`zibaev, Jaloliddin Xolmatov, Anvar Rahmatovlar esa 4-darajali diplom bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar