AsosiyJamiyat

Namanganda YPX xodimi va fuqaro janjallashdi(video)

'Namanganda YPX xodimi va fuqaro janjallashdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Namanganda YPX xodimi va fuqaro o`rtasida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video tarqalgan edi.

Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, 8 sentyabr kuni Namangan viloyati, Yangiqo`rg`on tumani hududida xizmat olib borgan YPX xodimi B.Murodov tomonidan "Damas" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan. Haydovchi boshqaruv vaqtida telefondan foydalanganligi bois YPX xodimi tomonidan elektron shakldagi bayonnoma tuzilganligi, haydovchining e`tirozlari mavjudligi videoda aks etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Tekshiruv davomida rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnomaga huquqiy baho beriladi.

    Boshqa yangiliklar