AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat me`yordan 2-4 daraja past bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda harorat me`yordan 2-4 daraja past bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 11 sentyabrda kunduz kuni harorat qiymatlari iqlimiy me`yordan 2-4° ga past bo`lgan quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi. Maksimal harorat 23-28°, janubda 30-33° atrofida bo`lishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda havo quyoshli bo`ladi. Havo 26-28° gacha isiydi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduz kuni 12-17° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar