O`zbekistonda qatorasiga 9 kundan buyon kunlik kasallanish holatlari 700 nafardan kam bo`lmoqda, yana 800 nafarga yaqin bemor kasallikdan to`liq sog`aydi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
2021 yil 10 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 163770 (+662) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 69 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 21 nafari Andijon viloyatida,
- 13 nafari Buxoro viloyatida,
- 16 nafari Jizzax viloyatida,
- 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Navoiy viloyatida,
- 18 nafari Namangan viloyatida,
- 71 nafari Samarqand viloyatida,
- 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 16 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 56 nafari Farg`ona viloyatida,
- 20 nafari Xorazm viloyatida,
- 107 nafari Toshkent viloyatida,
- 223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 51 nafar,
- Andijon viloyatida 45 nafar,
- Buxoro viloyatida 18 nafar,
- Jizzax viloyatida 23 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
- Namangan viloyatida 24 nafar,
- Samarqand viloyatida 126 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 21 nafar,
- Farg`ona viloyatida 81 nafar,
- Xorazm viloyatida 23 nafar,
- Toshkent viloyatida 95 nafar,
- Toshkent shahrida 245 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 155910 (+796) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1148 nafarni tashkil qildi.






