“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko`ra, Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi.
Ombudsman mintaqaviy vakillari, jumladan:
▪️ inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta`minlaydi, inson huquqlari monitoringini tashkil etadi va o`tkazadi;
▪️ fuqarolarning shikoyatlarini qabul qiladi va ko`rib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko`maklashadi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari o`zlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir.
Farmonga ko`ra shuningdek, yangi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.






