AsosiyJamiyat

“Yilning eng yaxshi o`zbek tili o`qituvchisi” tanlovining o`tkazilish tartibi ma`lum qilindi

'“Yilning eng yaxshi o`zbek tili o`qituvchisi” tanlovining o`tkazilish tartibi ma`lum qilindi'ning rasmi

“Yilning eng yaxshi o`zbek tili o`qituvchisi” tanlovining 1-bosqichi  boshlanish arafasida. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi:

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Xalq ta`limi vazirligi va Respublika ta`lim markazi hamkorligida xalq ta`limi tizimidagi umumta`lim muassasalari “Ona tili” va  “O`zbek tili” fani o`qituvchilari o`rtasida “Yilning eng yaxshi o`zbek tili o`qituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda.

Ushbu tanlovning 1-bosqichi 2021 yil 15 – 22 sentyabr kunlari tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlari tomonidan belgilangan ilovadagi ta`lim muassasalarida tashkil etilishini ma`lum qilamiz.

Ishtirokchilar tanlovda qatnashish kuni va vaqtlariga oid ma`lumotlarni tegishli tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlaridan olishlari mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar