So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umumta`lim muassasalari 1 va 2-sinf o`quvchilarining bilimini A, B, D, E, F shaklida baholanishi joriy qilinganligi to`g`risida xabarlar tarqalmoqda. Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Xabaringiz bor, “Milliy o`quv dasturi” doirasida baholash komponenti xalqaro tajribalardan kelib chiqib yaratilgan, mazkur komponentlar orasida “Baholash” komponenti ham mavjuddir. Biroq, yangilikni joriy qilish muhokamalar natijasida o`qituvchilarning fikrini o`rgangan holda amalga oshirilishini ma`lum qilamiz.
Shunday ekan, Xalq ta`limi vazirligi 2021/2022 o`quv yilidan yangi baholash joriy qilinishi haqidagi xabarlarning asossiz ekanligini ta`kidlagan holda, barcha sinflarda o`quvchilar bilimini baholash an`anaviy 5 balli shkalada amalga oshirilishini bildiradi.1 va 2-sinf o`quvchilarining bilimini baholash tizimi o`zgargani yo`q
So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umumta`lim muassasalari 1 va 2-sinf o`quvchilarining bilimini A, B, D, E, F shaklida baholanishi joriy qilinganligi to`g`risida xabarlar tarqalmoqda.
Xabaringiz bor, “Milliy o`quv dasturi” doirasida baholash komponenti xalqaro tajribalardan kelib chiqib yaratilgan, mazkur komponentlar orasida “Baholash” komponenti ham mavjuddir. Biroq, yangilikni joriy qilish muhokamalar natijasida o`qituvchilarning fikrini o`rgangan holda amalga oshirilishini ma`lum qilamiz.
Shunday ekan, Xalq ta`limi vazirligi 2021/2022 o`quv yilidan yangi baholash joriy qilinishi haqidagi xabarlarning asossiz ekanligini ta`kidlagan holda, barcha sinflarda o`quvchilar bilimini baholash an`anaviy 5 balli shkalada amalga oshirilishini bildiradi.






