AsosiySport

O`zbekiston milliy termasi FIFA reytingida 8 pog`onaga ko`tarilib oldi

Bugun, 7 aprel kuni FIFA yangilangan reytingni e`lon qildi. Unda bir nechta o`zgarishlar yuz berdi. 

Jumladan, o`tgan oy birinchi o`rinni band etgan Belgiya termasi o`z o`rnini Argentinaga bo`shatib berdi va 2-o`ringa pastladi. Kuchli uchlikdan Chili terma jamoasi joy oldi. 

E`tiborga loyiq tomoni, O`zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o`rniga nisbatan 8 pog`ona yuqorilab, 66-o`rinni band qildi. 

1. Argentina - 1532 ochko
2. Belgiya - 1352
3.Chili - 1348
4. Kolumbiya - 1337 
5. Germaniya - 1309
6. Ispaniya - 1277
7. Braziliya - 1251
8. Portugaliya - 1184
9. Urugvay - 1158
10. Angliya - 1069
...
66. O`zbekiston - 549 ochko 

O`zbekiston Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida oltinchi bo`lib turibdi. Terma jamoamizdan oldin Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni joylashgan.

Boshqa yangiliklar