Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda yana ayol haqoratlandi.....” sarlavhali xabar tarqalgan.
Ovozli xabardagi holat yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi. Bu haqda Mehnat vazirligi xabar berdi.
Aniqlanishicha, xabardagi ovoz Andijon viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi boshlig`i A.Mamayusupovga emas balki, viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig`i F.Muhammadjonovga tegishli ekanligi ma`lum bo`ldi.
O`rganish natijalariga ko`ra, Andijon shahar Aholi bandligiga ko`maklashish markazining sobiq xodimasi X.Jo`rabekova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-aprel kungi PQ-5053-sonli “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to`g`risida”gi qarori talablari asosida Mehnat Kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan 2021 yil 4-iyul kunidan bekor qilingan.
Andijon viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig`i F.Muhammadjonov uning noqonuniy xatti-harakatlarini to`xtatmoqchi bo`lgan vaqtida nizo kelib chiqqan.
Ushbu nizoli holat yuzasidan shu kunning o`zida tegishli ravishda dalolatnoma rasmiylashtirilib, huquqiy baho berishlik uchun Andijon shahar IIBga ariza bilan murojaat qilingan hamda holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






