AsosiyJamiyat

XTV vaziri Qashqadaryoda maktab polida dars o`tayotgan o`quvchilar surati yuzasidan munosabat bildirdi

'XTV vaziri Qashqadaryoda maktab polida dars o`tayotgan o`quvchilar surati yuzasidan munosabat bildirdi'ning rasmi

Vazirning ta`kidlashicha, ushbu maktabga u 2020 yil tashrif buyurgan, xarob ahvolda bo`lganiga ta`mirlash dasturiga qo`shtirgan. Natijada 3 milliard so`mdan ortiq mablag` ajratilib, maktab bu yil ta`mirlash jarayonida bo`lgan.

" - Afsuski, dastlabki surishtiruvga ko`ra, maktabning ayrim o`zaro qarindosh bo`lgan o`qituvchilari va direktor orasidagi kelishmovchiliklar sababli, bolalarni polga o`tirtirib, rasmini turli ijtimoiy tarmoqlarda va OAVlarda tarqatishmoqda. Aslida, katta miqdordagi ta`mirlash ishi oxirigacha to`liq tugab ulgurmaganiga, maktab ochilmasligi, bolalar vaqtincha boshqa maktabda yoki masofadan o`qib turishi rejalashtirilishi kerak edi.

Shuning uchun ham maktabda yangi mebellar vaqtincha o`rnatilmagan. Agar juda shoshilinch bo`lib ta`mirdan chiqqan joyida o`qishni tashkil etish juda zarur bo`lsa o`tgan yilgi mebelni vaqtincha ishlatib tursa ham bo`lar edi. Maktabda o`quvchi soni quvvatidan oshiq emas, shunga bir smenada o`qishni tashkil etish uchun joy etarli.

Shu orqali yarim asr davomida ta`mirlanmagan maktab ta`mirlanayotganiga Yakkabog`dan o`ziga xos minnatdorchilik bildirishibdi...

Endi buyog`iga prokuratura organlari holatni to`liq o`rganib, tegishli javobgarlik choralarini ko`rishadi deb umid qilamiz, – dedi Sherzod Shermatov.

    Boshqa yangiliklar