Bugun, 12 sentyabr kuni soat 17:29 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Tojigon MFY da yashovchi fuqaro H.A.ga tegishli bo`lgan “Neksiya-1” rusumli avtomobilda Navoiy shahar I.Karimov va A.Temur ko`chalari kesishgan chorrahada svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turgan vaqtda yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Yong`in natijasida avtomashinaning salon qismi to`liq, mator qismi qisman, old g`ildiraklari to`liq hamda old kuzov qismi qisman yongan.
Yong`in sababi va moddiy zarar mikdori aniqlanmoqda. Yong`inga 2 ta ekipaj jalb etilgan. Yong`inga 17:34da etib borib, 17:35da o`rab olinib, 17:38da o`chirilgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yuq, deyiladi xabarda.






