Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-iyul oylarida qiymati 19,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan gilam eksport qilgan.
O`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,4 mln. AQSh dollariga ko`p.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qirg`iz R. – 6,9 mln.
- Ozarbayjon – 4,0 mln.
- Afg`oniston – 2,4 mln.
- Rossiya – 2,1 mln.
- Saudiya Arabistoni – 1,7 mln.
- Qozog`iston – 1,6 mln.
- Tojikiston – 317,5 ming
- AQSh – 307,7 ming
- Ukraina – 184,3 ming
- Turkiya – 114,7 ming AQSh dollari
O`zbekiston 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 15 ta xorijiy davlatlarga gilam eksport qilgan.






