AsosiyJamiyat

Surxondaryolik sportchi yigitning onasi Prezidentga murojaat qildi. Bosh prokuratura holat bo`yicha izoh berdi (video)

'Surxondaryolik sportchi yigitning onasi Prezidentga murojaat qildi. Bosh prokuratura holat bo`yicha izoh berdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sportchi yigitning onasi Prezidentga murojaat qildi" nomli videoxabar tarqaldi.  Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov videodagi holat bo`yicha ma`lumot berdi. 

Unda aytilishicha, videoda ko`rsatilgan holatlar yuzasidan joriy yil 29 may kuni Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida 4 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 1 nafar shaxs ushbu Kodeksning 104, 277-moddalari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan.  

Tergov harakatlari tamomlanib, 5 nafar shaxslarga nisbatan bo`lgan jinoyat ishi 09.09.2021 yilda mazmunan ko`rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo`yicha Denov tuman sudiga yuborilgan.

Shuningdek, jinoyat ishining 2 nafar ayblanuvchilarga nisbatan bo`lgan qismi alohida ish yurituviga ajratilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar