2022 yilning 1 yanvaridan boshlab ID-karta va xorijga chiqish pasportini nafaqat tuman (shahar) IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlari bilan balki Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olishlari mumkin. Bu haqda IIV Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bu haqda Prezident tomonidan 24 iyul` kuni imzolangan «Davlat xizmatlari ko`rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonida belgilangan.






