31 avgust kuni soat 22:20 larda, Mingbuloq tumani Birlashgan MFY ichki yo`lida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta`minlay olmagan. U yo`lni kesib o`tayotgan piyodalar, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1970 yilda tug`ilgan ayol va birga yashovchi, tumandagi maktabning 10-sinf o`quvchisi, 2005 yilda tug`ilgan qizini urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, piyodalar bel umurtqasini yopiq sinishi va chap oyoq to`piq suyagini yopiq sinishi tashxislari bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo`yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 sentyabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






