AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozoridagi o`rtacha narxlar sharhi e`lon qilindi

'Toshkentdagi ikkilamchi uy-joy bozoridagi o`rtacha narxlar sharhi e`lon qilindi'ning rasmi

"Etaji” ko`chmas mulk agentligi tomonidan maxsus tayyorlangan tahlillarga tayanib, avgust oyi yakuniga ko`ra, daryo Toshkentdagi ikkilamchi turar joy bozoridagi o`rtacha narxlar sharhini e`lon qildi.

Qayd etilishicha, Toshkentda avgust oyida ikkilamchi uy-joy bozorida o`rtacha narx har kvadrat metrga 7,5 million so`mni, birlamchi bozorda taklif qilinayotgan narxlar esa har kvadrat metrga 8,4 million so`mni tashkil etgan.

Tumanlar kesimida o`rtacha narxlar quyidagi ko`rinishga ega:

Yakkasaroy — 8,7 million so`m;
Mirobod — 8,7 million so`m;
Shayxontohur — 8,3 million so`m;
Mirzo Ulug`bek — 8,1 million so`m;
Yunusobod — 8,0 million so`m;
Chilonzor — 7,8 million so`m;
Uchtepa — 7,0 million so`m;
Olmazor — 6,5 million so`m;
Yashnobod — 6,5 million so`m;
Sergeli — 5,0 million so`m;
Yangihayot — 4,8 million so`m;
Bektemir — 4,5 million so`m.

Ma`lum qilinishicha, Mirobod, Mirzo Ulug`bek va Yunusobod tumanlarida kvadrat metr narxi shahar markazidan qancha uzoqlikda joylashishiga ko`ra keskin farq qiladi. Shahar markazidagi turar joylarning bir kvadrat metr narxi 15 million so`mgacha etishi mumkin.

Avgustda ikkilamchi bozorda eng yuqori ulush ikki xonali va uch xonali kvartiralar hissasiga to`g`ri kelgan.

Avgust oxiriga kelib har ikkala taraf — talab ham, taklif ham birdek faollashgan. Agentlik buni poytaxtda epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi, mavsumiy ta`tillar tugashi va harorat pasayishi bilan izohlagani aytilgan.

“Etaji” taxminiga ko`ra, sentyabr va oktyabr oylarida ham shunday faollik saqlanib qoladi

    Boshqa yangiliklar