AsosiyJamiyat

Aldanib qolmang! Uzcard ning soxta veb-sayti aniqlandi

'Aldanib qolmang! Uzcard ning soxta veb-sayti aniqlandi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o`tkazilgan internet monitoringi davomida, internet-firibgarlari tomonidan o`zlarining jinoiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun "Yagona Umumrespublika Prosessing Markazi" (UZKARD)ning soxta veb-sayti (havolasi: https://uz-investt.space) faoliyat ko`rsatayotganligi aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bergan.

Mazkur «feyk» veb-sayt orqali “UzCard Investment” loyihasi doirasida milliy bank xizmatlarining faol foydalanuvchilariga bir martalik 994 ming 558 so`m miqdorida kompensasiya to`lanishi, buning uchun foydalanuvchilarning shaxsiga oid va bank plastik kartasi ma`lumotlari, telefon raqamini hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlari talab etiladi.

Natijada, katta mablag`ga ega bo`lish istagida bo`lgan foydalanuvchi tasdiqlash kodini «feyk» resursga kiritishi bilan internet-firibgar tomonidan bank plastik kartasini boshqarish huquqini qo`lga kiritilishiga va undagi mablag`larni noqonuniy ravishda egallanishiga shart-sharoit yaratadi.

Shu sababli, barcha internet foydalanuvchilarini, ayniqsa Uzcard to`lov tizimi mijozlarini mazkur «feyk» veb-saytning noqonuniy faoliyati to`g`risida ogoh bo`lishlari, to`lov tizimlaridan foydalanayotganlarida esa, ularning rasmiy veb-saytlarida taqdim etilgan xizmatlarga murojaat etishlari so`ralmoqda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar