Namanganda maktab o`quvchisi o`z xonadonida o`g`rilik sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 10 sentyabr kuni Uychi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 sentyabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs, o`ziga tegishli bo`lgan Namangan shahridagi uyida hech kim yo`qligidan foydalanib, xonadon eshigini kalit tanlash yo`li bilan ochib kirib, hovlisida bo`lgan 3 dona narxi 12.000.000 so`mlik elektr suv isitish qurilmalarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, arizachining o`g`li, Uychi tumanidagi maktabning 11-sinf o`quvchisi, 2004 yilda tug`ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 sentyabr` kuni O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.