AsosiyJamiyat

Chegaradan O`zbekistonga «Mercedes-Benz»ni bo`laklab olib o`tish rejasi chippakka chiqdi

'Chegaradan O`zbekistonga «Mercedes-Benz»ni bo`laklab olib o`tish rejasi chippakka chiqdi'ning rasmi

 Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o`z xavfsizlik bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi qing`irlik fosh etildi. Bu haqda "Darakchi.uz"ga Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, avtomobil ehtiyot qismlari importi bilan shug`ullanuvchi shaxs tomonidan xorijdan olib kelingan 14 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari tovarlarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun “Qirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga taqdim etilgan yuk kuzatuv hujjatlari va bojxona yuk deklarasiyasi asosida bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, umumiy qiymati 237 million so`mlik 1 dona “Mersedes Bens W211” rusumli avtotransport vositasi hujjatlarda “avtomobil kuzovi” deb noto`g`ri ko`rsatilganligi, shuningdek, 15 turdagi jami 99 dona avtomobil ehtiyot qismlari hujjatlarda umuman ko`rsatilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar